Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sergeli tumanidagi yong‘indan zarar ko‘rganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi


Sergeli tumanidagi yong‘indan zarar ko‘rganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi

 

Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi (617–F-son, 28.09.2023 y) qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, bu bo‘yicha Hukumat komissiyasi (16 kishidan iborat) tashkil etildi.

Shuningdek, omborxonada yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev