Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas’ul?


Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas’ul?

 

Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirishga quyidagilar mas’ul hisoblanadi:

- Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

- Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

- Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.

- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.

- Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tashkilotlari.

- Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari.

- Fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

- Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev