Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

ALIMENT OLOLMAYoTGAN BOLALARGA ALIMENT TO‘LOVLARI JAMG‘ARMASI ALIMENT TO‘LAB BERADI


ALIMENT OLOLMAYoTGAN BOLALARGA ALIMENT TO‘LOVLARI JAMG‘ARMASI ALIMENT TO‘LAB BERADI

 

Hukumatning 03.08.2022 yil kungi 427-son qarori qabul qilingan. Qaror bilan Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni (ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni) qoplab berishga (biryo‘la undiruvchiga to‘lab berishga) yo‘naltiriladi.

Aliment to‘lovlarini qoplab berish uchun majburiy ijro harakatini amalga oshirgan davlat ijrochisining aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qarori asos bo‘lib hisoblanadi.

Aliment to‘lovlari qaror olingan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Soddaroq aytganda endi aliment undiruvchi aliment to‘lovchini qo‘liga pul tushushini kutib o‘tirmaydi. Alimentchi qarzini vaqtida (2 oy) to‘lamasa unga jinoiy javobgarlik belgilanadi va uning barcha yig‘ilgan qarzdorligi yuqoridagi jamg‘arma tomonidan aliment oluvchiga to‘lab beriladi. Lekin, bu alimentchi alimentni to‘lamasakanda degani emas.

Agar Siz aliment undiruvchi bo‘lsangiz qarzdor Sizga to‘lashi kerak bo‘lgan barcha qarzini, (To‘plangan qarz 10 mln bo‘ladimi, 20 million bo‘ladimi, 50 million bo‘lmaydimi farqi yo‘q) yuqoridagi jamg‘arma birdaniga shuni xammasini Sizga to‘lab berishi kerak. Alimentchi bilan uni qarzini to‘lagan jamg‘arma esa keyinroq xisoblashib olaveradi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                                     M.Nurnazarov