Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Xodim ish beruvchidan uni boshqa ishga doimiy o‘tkazishni talab qilishga haqlimi?


Xodim ish beruvchidan uni boshqa ishga doimiy o‘tkazishni talab qilishga haqlimi?

 

     Ha, haqli. Xodim sog‘lig‘ining holati, tibbiy xulosa uni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lmagan boshqa ishga doimiy o‘tkazishni talab qilsa, ish beruvchi mazkur xodimni uning roziligi bilan, vakant bo‘lgan taqdirda boshqa ishga o‘tkazishi shart.

    Ish beruvchida xodimga mos ish bo‘lmaganda, xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan hamda kafolatlar taqdim etilgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.

Korxona (tashkilot) boshqa joyga (uzoq joyga) ko‘chsa xodimga qanday kafolatlar beriladi?

    Ish beruvchi xodimni kelgusida boshqa joyga (xodimning yashash joyidan uzoq hududga, ya’ni qatnash imkoni bo‘lmagan joyga) ko‘chishi to‘g‘risida kamida 2 oy oldin yozma ogohlantirishi shart.

     Boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

    – xodim va oila a’zolari, ularning yuklarini tashish xarajatlari;

    – yo‘lda bo‘lishning har bir kuni uchun sutkalik to‘lovlar;

    – ko‘chib o‘tilayotgan joyda xodimning shaxsiy uy-joyi bo‘lmasa yoki ish beruvchi unga                          xizmat uyi bermasa, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;

     – yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik maosh miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul).

    Korxona (tashkilot) boshqa joyga (uzoq joyga) ko‘chsa va xodim u yerga borib ishlashni rad etsa nima bo‘ladi?

     Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni rad etsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi unga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va ishga joylashish davrida o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda bekor qilinadi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                                     M.Nurnazarov