Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

FARZANDIM UChUN UY-JOY TALAB QILIShGA HAQQIM BORMI?


                FARZANDIM UChUN UY-JOY TALAB QILIShGA HAQQIM BORMI?

Oila kodeksining 45-moddasiga muvofiq “Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.”

Demak, ushbu tartibga ko‘ra agar 6 oy muddat ichida yarashish bo‘lmasa va sud tomonidan bundan buyon oilani saqlab qolish imkoni mavjud emas degan xulosaga kelinsa, u holda nikohdan ajratish amalga oshiriladi.

Ajrim davomida sud tomonidan er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash tartibi, bu mablag‘ning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga doir kelishuvni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.

Bu yerda o‘zaro kelishuv asosida bolaning kimda qolishi, ta’minot masalasi hal etilishi mumkinligi aytilmoqda. Shu vaziyatda turmush o‘rtog‘ingiz biln kelishuvga erishib, uning mol-mul yoki yer berishiga rozilik olishingiz mumkin (albatta notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi asosida).

Bordiyu kelishuv bo‘lmasa, u holda sud jarayonida:

- nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;

- voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;

- er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi;

- er (xotin)dan ta’minot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu ta’minot miqdorini belgilashi kabi masalalar hal etiladi.

Ushbu jarayonda Siz tomoningizdan nikoh davomida topilgan mol-mulkni bo‘lish bo‘yicha umumiy mulkni bo‘lish doirasida topgan mol-mulkingizni olishga nisbatan talab qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Oila kodeksining 23-moddasiga ko‘ra Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi. Ya’ni Siz bola parvarishi tufayli ishlamagan bo‘lsangiz ham mol-mulkni bo‘lishda teng huquqga egaligingiz saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, farzandingiz turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan u vafot etgan taqdirda yoki tirikligida ham qonuniy merosxo‘rlari tarkibiga kiradi va faqat meros bilan bog‘liq ish ochilgada (ya’ni turmush o‘rtog‘ingiz vafot etgan  yoki vasiyatnoma boyicha boshqa shaxsga o‘z mulkni qoldirgan taqdirda ham qonuniy merosxo‘r sifatida merosdan ulush talab qilishga haqli).

 

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, Siz farzandingiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer yoki boshqa mulk talab qila olmaysiz. Ammo mol-mulkni bo‘lish, alimet olish doirasida ushbu talabni qo‘yishingiz mumkin. Qolaversa, turmush o‘rtog‘ingiz Sizni uy-joyga kiritmayotgan bo‘lsa ushbu uy-joyga majburiy kiritib qo‘yishni ham suddan so‘rashingiz mumkin. Chunki hali qonuniy nikohdasiz va mol-mulk ham o‘zaro bo‘linmagan.

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                                     M.Nurnazarov