Янгиликлар
IPOTEKA KREDITIGA TO‘LANGAN PULDAN DAROMAD SOLIG‘INI QAYTARIB OLISh TARTIBI QANDAY?
IPOTEKA KREDITIGA TO‘LANGAN PULDAN DAROMAD SOLIG‘INI QAYTARIB OLISh TARTIBI QANDAY?
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga asosan soliq to‘lovchining nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish hamda ayrim ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari soliq solinmaydigan daromadlari tarkibiga kiritilgan.
Shunga asosan, agar sizning bankdagi hisobraqamiga ipoteka krediti asosida uy sotib olish uchun 60 mln so‘m mablag‘ ish joyi hisoblangan yuridik shaxs tomonidan o‘tkazib berilib, bu daromaddan daromad solig‘i to‘lanmagan bo‘lsa, soliq imtiyozi qo‘llanilmaydi.
Siz tomoningizdan bankdagi omonat hisobraqamiga mustaqil ravishda naqd pul yoki plastik karta orqali pul qo‘yilganligi to‘g‘risida bank hujjatini (kvitansiyani) taqdim etgan taqdirda, daromad solig‘idan ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berilishi kerak.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM bosh yuriskonsulti M.Nurnazarov