Янгиликлар
Advokat yoki yurist nimaga kerak?
Advokat yoki yurist nimaga kerak?
Birinchidan, Huquq va majburiyatini bilmaydigan yoki yetarlicha anglamagan insonlar murakkab qonunlar bo‘lgani uchun ularni tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Advokatlar o‘z kasbiy faoliyati davomida qonunlarni tushunish, o‘rganish va tatbiq etishda protsessional tajribaga egalar.
Ikkinchidan, Jamiyatda qonunlar ishlashini ko‘proq advokatlar talab qiladi. Chunki ishlamayotgan qonunlar bilan eng ko‘p muammolarga advokatlar duch keladi, nazarimda.
Uchunchidan, Jamiyatda inson huquqlarini himoya qilishda ba’zi farqlar mavjud. Masalan, kuchli va kuchsiz insonlar, katta korxona va kichik iste’molchi, boy va kambag‘al, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi farqlar. Advokatlar ular o‘rtasidagi kuchlar tengligi muvozanatini ushlashda yordam beradi.
To‘rtinchidan, Aybsiz insonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokatlarning alohida o‘rni bor. Advokatlar ko‘p asab buzarliklarga duch kelishadi. Chunki mana shu kasbi sababli nohaqlikni o‘zlariga nisbatan deb qabul qilishidi.
Beshinchidan, Advokat jamiyatda tekshiruvchi vazifasini ham bajaradi. Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi huquqini bilmagan insonga nisbatan qonunga xilof harakatlanayotganida, agar ishga advokat kirishsa, o‘z harakatini to‘xtatishi mumkin. Advokati bor ekan, degan signal ular uchun yetarli, ba’zida.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM bosh yuriskonsulti M.Nurnazarov