Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi


Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

 

“Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–73-son, 24.02.2023 y.) qabul qilingan

Qarorga ko‘ra, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.

2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

2023 yil 1 apreldan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.

2023 yil 1 martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.

Ma’lumot uchun: Prezident qarorida ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirilgan.

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev