Янгиликлар
Ayrim shaxslar xizmat turar joyidan ko‘chirilganda ularga boshqa uy beriladi
Ayrim shaxslar xizmat turar joyidan ko‘chirilganda ularga boshqa uy beriladi
Xizmat turar joylarida yashayotgan quyidagi shaxslar xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi:
- I va II guruh nogironlari;
- 1941 – 1945 yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;
- harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
- nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar;
- tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
- xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
- lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan, lekin turar joyni bergan korxona bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
- xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
- o‘zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
- xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolari;
- voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg‘iz shaxslar.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev