Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb qilish mumkinmi?


Dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb qilish mumkinmi?

Mehnat kodeksining 209-moddasiga asosan, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanishi, faqat mehnat kodeksi nazarda tutilgan hollar bundan mustosnoligi belgilangan.

 Ushbu moddaning ikkinchi qismida, tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bo‘linmalarining, keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha ishlarni bajarish zarur bo‘lgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Bunda, Mehnat kodeksining 263-moddasiga muvofiq, dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

 

 

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Sh.Abdurahmonov