Янгиликлар
Ish beruvchi xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishi mumkinmi?
Ish beruvchi xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan boshqa ishga uning roziligisiz, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra vaqtincha o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xodim sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin emas. Bekor turib qolish sababli xodimni pastroq malaka talab etiladigan ishga vaqtincha o‘tkazishga xodimning yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodim vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda xodimning mehnatiga haq to‘lash bajarayotgan ishiga qarab, biroq avvalgi o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga o‘tkazish davrlari bir kalendar yil davomida jami oltmish kalendar kundan oshishi mumkin emasligi belgilangan.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |