Янгиликлар
Yuridik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida:
Yuridik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida:
BEKOBOD tumani yuridik ximat koʻrsatish markazi tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 20 ta davlat tashkilotlariga, 28 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 60 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga malakali yuridik xizmat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
2023-yil 9 oyi davomida Markazga jami 16936 ta buyruq, shartnoma loyihalari kelib tushgan. Kelib tushgan loyihalarning
15053 tasiga ijobiy xulosa, 392 tasiga salbiy xulosa, 1491 tasi rad etilgan.
YUXKM tomonidan berilgan xulosalarga asosan qabul qilingan buyruq va shartnomalarning sud tomonidan bekor qilish holati mavjud emas.
Targʻibot tadbirlari, zamonaviy elektron axborot texnologoiyalari yordamida 1040 ga yaqin huquqiy targʻibot tadbirlari, 1 ta radio, 20 ta televidiniya, 16 ta gazetada chiqishlar amalga oshirilgan.
E-huquqshunos elektron tizimi orqali jami 20 ta murojaatlar koʻrib chiqilgan.
Biriktirilgan MFY soni- 51
Targʻibotlar oʻtkazilgan MFY- 31
MFY larda seminar mashgʻulotlari oʻtkazilib, targʻibot materiallari taqdim etilgan. Bundan tashqari telegramm kanallari orqali MFY gruppalari tashkil etilgan xolda Oʻzbekistonda qabul qilingan yangi qonun va qarorlar doimiy ravishda yetkazilib turibdi. Har bir MFY raislarining kompyuterlarida yetkazilgan materiallar yigʻmasi tashkil etilgan.
Bekobod tumani
Adliya boʻlimi YUXKM
bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov.