Янгиликлар
Davlat hisobidan bepul yuridik yordam oluvchilar doirasi
Davlat hisobidan bepul yuridik yordam oluvchilar doirasi
O`zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-son Qonunining 9-moddasiga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
· fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
· ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
· ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
· jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Mamatqulov