Янгиликлар
Yoshga doir pensiyalarni hisoblash tartibi o`zgardi
Yoshga doir pensiyalarni hisoblash tartibi o`zgardi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabr kunidagi “Aholiga pensiya ta’minoti sohasida ko`rsatilayatgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-353-sonli qaroriga asosan endilikda yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda berish tartibi joriy etiladi. 2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalar proaktiv shaklda beriladi ya’ni, pensiya yoshidagi fuqarolar uchun pensiya qonunda belgilangan yoshga to`lganlarida proaktiv shaklda va alohida murojaat talab etmagan holda beriladi. Proaktiv bu – fuqaro murojaatini kutmasdan o`z tashabbusi bilan xizmat ko`rsatish. Agarda Siz qayerdadir ishlasangiz va pensiya yoshiga yetgan bo`lsangiz, bu haqda murojaat qilishingiz shart emas.
Pensiyani hisoblash uchun zarur bo`lgan barcha zarur ma’lumotlar – ish staji, ish haqi, oila tarkibi – Davlat soliq qo`mitasi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi elektron ma’lumotlar bazalaridan olinadi. Ya’ni fuqarolar pensiya olish uchun hujjatlarni yig`ish var o`yxatdan o`tgan joyidagi Pensiya jamg`armalariga shaxsan kelish talab etilmaydi.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Mamatqulov