Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ENDI, AYRIM PEDOGOLAR MAJBURIY ATTESTATSIYADAN O‘TMAYDILAR.


ENDI, AYRIM PEDOGOLAR MAJBURIY

ATTESTATSIYADAN O‘TMAYDILAR.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi “Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 120-sonli qaroriga asosan ta’lim tashkilotlarida ko‘p yil xizmat qilgan pedagog kadrlarni yanada qo‘llab quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, attestatsiya jarayonlarini soddalashtirish hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati belgilab berildi.   Unga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan boshlab:

-pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyadan o‘tmaydilar.

 

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

Markazi boshlig‘i                                      Saidislom Djamalov