Янгиликлар
Magistratura bosqichi talabasi to`liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Magistratura bosqichi talabasi to`liq stavkada ishlashi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi nizomda keltirishicha, Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatiga doir ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilgan.
Demak, talaba darsdan tashqari mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha talaba qancha soatda ishlashi mumkinligi belgilab qo‘yilmagan. Umumiy ish vaqti hisob-kitobidan kelib chiqib bir stavkda ishlashingiz mumkin. Mehnat Kodeksning 182-moddasiga muvofiq xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan korxona, muassasa, tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq bo‘lmasligi shart.
Demak, magistratura bosqichida o‘qish davrida ham yozgi ta’til davrida ham to‘liq stavkada ishlashingiz mumkin.
Bundan tashqari, Mehnat Kodeksning 383-moddasida Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlarga ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berish lozim.
Yangiyo`l tumani Yuridik
xizmat ko`rsatish markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti