Янгиликлар
“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–877-son, 09.11.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–877-son, 09.11.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish vositalari va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinishi lozim.
Roʻyxatga olish Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Kimyolashtirish vositalari va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari 5 yil muddatga roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatga olish uchun sinovlarni oʻtkazish muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
Oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrilishini talab qiluvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilmagan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini 1 yilgacha muddatda tajriba tariqasida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Kimyolashtirish vositalari va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus omborxonalarda yoki maxsus xonalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Ularni maxsus idishsiz saqlash taqiqlanadi.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Surobov