Янгиликлар
Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Unga koʻra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–136-son Farmonining (https://lex.uz/docs/6020669)
1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024-yil 1-yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:
oylik lavozim maoshlari:
oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Surobov