Янгиликлар
Litsenziyalashga oid qonunchilikka oʻzgartirish kiritildi
Litsenziyalashga oid qonunchilikka oʻzgartirish kiritildi
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga muvofiq:
qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun 1 yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun asos boʻladi.
Shuningdek, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda ham bekor qilinishi belgilandi:
➖litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda;
➖litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari 1 marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan boʻlsa.
Ushbu hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun 1 yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Surobov