Янгиликлар
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–878-son, 15.11.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–878-son, 15.11.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish:
▫️fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi);
▫️mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 5 baravaridan 10 baravarigacha edi) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Surobov