Янгиликлар
Yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi
Yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi
Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Unga koʻra, “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–190-son qaroriga (https://lex.uz/docs/5937573) kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Surobov