Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin:


Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa;

uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa;

oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa.

 Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.

 

 

Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat                              J.Mavlonov

Koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti