Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ-879-son, 22.11.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

 Qonun bilan farmakologik vositaning yoki dorining klinik tadqiqotida sogʻlom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkinligiga oid qoʻshimchalar kiritildi.

 Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotda qatnashadigan shaxsga tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.

 Shaxs tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.

 Tadqiqotda voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz shaxs ishtirok etganda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.

 Voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin voyaga yetgan shaxsda klinik tadqiqot oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat                              J.Mavlonov

Koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti