Янгиликлар
Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qulaylik yaratiladi
Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qulaylik yaratiladi
Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi
Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik sub'ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo‘lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik sub'ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo‘lish haqida Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga ko‘yiladi.
Quyi Chirchiq tumani YuXKM boshlig’i
Shavkat Suleymanov