Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?


Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?

 

Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirishga quyidagilar mas'ul hisoblanadi:

 

1️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

 

2️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

 

3️⃣ Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.

 

4️⃣ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.

 

5️⃣ Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tashkilotlari.

 

6️⃣ Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari.

 

7️⃣ Fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

 

8️⃣ Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

 

Quyi Chirchiq tumani YuXKM boshlig’i           

                                                                Shavkat Suleymanov