Янгиликлар
“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-337, 16.10.2023 y) qabul qilindi
“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-337, 16.10.2023 y) qabul qilindi
✅ Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
???? “SILK AVIA” MChJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi;
????“Uzbekistan Airports” AJning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemasi “SILK AVIA” MChJga beg‘araz o‘tkaziladi;
????“SILK AVIA” MChJ faoliyatini samarali tashkil etishva rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari soni oshiriladi;
????“Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda “ATR72-600” rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
Bosh yuristkonsulti Fayzullaev Ulug‘bek
23.10.2023-yil.