Янгиликлар
“O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining...
“O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining...
Qonunchilikka ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
- Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
Bosh yuristkonsulti Fayzullaev Ulug‘bek