Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangi Mehnat kodeksida...


Yangi Mehnat kodeksida...

 

Yangi MKda nazarda tutilgan muddatning tugagani munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirish muddati hamda yakka tartibdagi mehnat munosabatlari mehnat munosabatlarining taraflaridan birortasi ularni to‘xtatishni talab qilmaguniga qadar davom ettiriladigan muddatlar qanday qilib bir-biriga moslashtiriladi

Yangi MKda ilk marotaba, mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasini bekor qilishdan oldin kamida uch kalendar kun oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerakligi nazarda tutilmoqda. Uch kalendar kun – bunday ogohlantirishning eng kam muddati. Demak, mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni uch kundan ham ko‘proq kun oldin ogohlantirishi mumkin.

 

Shuni ham ta'kidlash joizki, ish joyi / lavozimi saqlanayotgan xodim yo‘q bo‘lgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollarda ogohlantirish talab etilmaydi. Bunday mehnat shartnomasi ishda yo‘q bo‘lgan xodim ishga qaytgan kundan bekor qilinishi kerak.

 

MKda belgilanishicha, agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan birortasi ham bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

 

Masalan, mehnat shartnomasiing muddati 20 iyunda tugasa, u holda mehnat shartnomasini uning muddati tugagani munosabati bilan 27 iyundan kechiktirmasdan tugatish mumkin, mehnat shartnomasini mazkur asos bo‘yicha bekor qilishga qaror qilgan taraf esa boshqa tarafni 24 iyundan kechiktirmasdan ogohlantirishi kerak. Agar ogohlantirish 24 iyunda qilingan bo‘lsa, xodimning oxirgi ish kuni va mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun 27

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulug‘bek