Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Konstitutsiyamizning 47-moddasi: “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.


Konstitutsiyamizning 47-moddasi: “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

 

Hyech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi.

 

Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi qonun bilan belgilanadi”.

 

Uy-joyga ega bo‘lish huquqi shaxsning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Undan mahrum qilish sud qarori asosida amalga oshiriladi. Uy-joyi jamiyat va davlat e'tiyoji uchun olib qo‘yilgan shaxslarga ko‘rgan zarari to‘liq qoplab berilishi shart.

 

Bunda sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi mulkdorning erki-xohishidan qat'i nazar, majburiy tarzda bekor bo‘layotganda qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqini bekor bo‘lishiga sabab bo‘luvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida ob'ektiv tarzda ko‘rib chiqiladi.

 

Davlat tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari va va aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga subsidiya berish tizimi joyiy etilgan.

 

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar, “Mehribonlik uylari” bitiruvchilari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.

 

 

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

Bosh yuristkonsulti   Fayzullaev Ulug‘bek