Янгиликлар
Bilasizmi ? Yongʻin xavfsizligi qoidalariga koʻra:
Bilasizmi ?
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga koʻra:
Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari turar joy va jamoat binolaridan hamda taʼmirlash sexlaridan kamida 150 m, yuqori va past kuchlanishli elektr liniyalar tayanchlaridan ularning 1,5 ta balandligiga teng masofada joylashtirilshi;
Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari yongʻinni oʻchirish maqsadida 50 m3 dan kam boʻlmagan miqdorda suv zaxirasi bilan taʼminlanishi;
Traktorlar, avtomobillar, paxta terish mashinalarini toʻxtatib turish, ularni taʼmirlash, moylash va yonilgʻi quyish, paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlaridan kamida 50 m masofada amalga oshirilishi;
Paxta gʻaramlarini titish davrida paxta tashuvchi mashinalar, mexanizmlar va avtopoyezdlar guruhlar orasidagi 30 m li masofani saqlagan holatda joylashtirilishi;
Guruhlardagi paxta gʻaramlari orasidagi masofa 15 m dan, guruhlar oʻrtasida masofa esa 30 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Quyi Chirchiq tumani bosh yuriskonsulʻti T. Chegaboyev.