Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bilasizmi ?


Bilasizmi ?

 

Qonunchilikka koʻra, 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, qoʻlda yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi:

oʻgʻil bolalar uchun — 6,5 kg;

qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.

Shuningdek, 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan ogʻir boʻlmasligi lozim.

Bundan tashqari, 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.

 

 

 

Quyi Chirchiq tumani bosh yuriskonsulʻti                                      T. Chegaboyev.