Янгиликлар
Qarshi shahar hokimi oʻzini oʻzi mukofotladi
Qarshi shahar hokimi oʻzini oʻzi mukofotladi
Shu yilning 25-avgust kuni Qarshi shahar hokimi N.Xolboyevning “Qarshi shahar hokimligining xarajatlariga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi qarori “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan
Qarorda hokimlikning 2023-yildagi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shahar hokimligiga faoliyat samaradorligi koʻrsatgichiga koʻra viloyat miqyosida “Eng tashabbuskor sektor” deb eʼtirof etilgan Qarshi shahar 1-sektor rahbarini ragʻbatlantirish xarajatlariga 75 (yetmish besh) mln. soʻm mablagʻ ajratish nazarda tutilgan
Maʼlumki, 1-sektor rahbari hokimning oʻzi hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning mart oyida saytimizda “Qarshi shahar hokimi archa bezaklari uchun xalqning salkam 2 mlrd soʻm mablagini sarflagan” degan mavzuda maqola ham eʼlon qilingan edi.
Quyi Chirchiq tumani bosh yuriskonsulʻti T. Chegaboyev.