Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Shaxsiy profilidan murojaat qilish imkoniyati yaratildi


Shaxsiy profilidan murojaat qilish imkoniyati yaratildi

 

Adliya vazirligining tashabbusiga bilan endilikda “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizmiga toʻgʻridan toʻgʻri fuqarolar tomonidan my.gov.uz sayti orqali shaxsiy profilidan murojaat qilishi hamda murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilish imkoni yaratildi.

Misol uchun fuqaro my.gov.uz sayti orqali FHDYO boʻlimlariga murojaat qilib, “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizmida oila shajarasida biron begona shaxs qoʻshilib qolganligi, oʻsha shaxsni oila tarkibida oʻchirib berish uchun murojaat yuboradi. FHDYO boʻlimi mudirasi tomonidan ushbu murojaatni koʻrib chiqib, bir ish kuni davomida murojaatni hal qilib berish amaliyoti joriy qilingan. Bu esa fuqarolarni uyidan turib ham muammolarini hal qilish imkonini beradi.

Hozirda “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ikki mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, ulardan qarib bir yarim mingta murojaat tezkorlik bilan hal qilib berilgan. Ayni kunda FHDYO boʻlimiga kelgan har fuqarolarga mazkur tizim va uning afzalliklari haqida keng targʻibot ishlari olib borilmoqda.

 

Kanalga ulanish????????????

https://t.me/toshkentviladliya