Янгиликлар
Miranda qoidasigni bilasizmi?
Konstitutsiyani oʻrganamiz!
Miranda qoidasigni bilasizmi?
Amaldagi Konstitutsiyamizning 27-moddasida “Shaxsni ushlab turish chogʻida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi shartligi” yaʼni “Miranda qoida” si belgilab qoʻyilgan.
Miranda qoidasi-oʻz tarixiga ega boʻlib, 1966-yilda jinoyat sodir etgan Mirandani AQSHning Arizona shtati politsiyasi qibsga oladi soʻroq qilishdan avval gumonlanuvchi sifatida huquqlari tushuntirilmagani sababli, keyinchalik uning aybga iqrorligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi asosida chiqarilgan hukm AQSH oliy sudi tomonidan bekor qilingan.
Miranda qoidasi ga binoan shaxsni ushlab turish chogʻida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi, gumonlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslaridan xabardor qilinishi, shuningdek, sukut saqlashi, jinoyat ishlarida oʻziga qarshi guvohlik berishga majbur qilinmasligi, malakali yuridik yordam bilan taʼminlanishi talab etiladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti N. Anarqulova