Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyada oila va nikoh


Konstitutsiyani oʻrganamiz!

 

Konstitutsiyada oila va nikoh

 

Oila – muqaddas va qutlugʻ dargoh. Inson shu dargohda tugʻiladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir boʻgʻiniga qiyoslash mumkin. Maʼlumki, oila – insonning tugʻilishidan to umri poyoniga qadar boʻlgan hayot mazmunini qamrab olgan, taʼlim-tarbiya, iymon-eʼtiqodning asosiy poydevori shakllanadigan maskan. Mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni eʼzozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga toʻkis yetib borishini taʼminlaydigan moʻtabar dargoh.

Oila ulugʻ va muqaddas makon, inson kamolotining beshigi, dunyodagi jamiki ezgu umidlarning oltin kalitidir.

         Oila jamiyatning birlamchi bugʻini hisoblanadi. Shunga kura, hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir.

Mamlakatimizda oilani mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni kamol toptirish borasida izchil va samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aynan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida avvalgi “Oila” bobi - “Oila, bolalar va yoshlar” deya qayta nomlanib, qoʻshimcha ravishda yoshlarga oid alohida modda kiritildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 76-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir”, deyilgan.

Oila shunday makonki, unda avloddar kamol topadi. Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasi, ijtimoiy asosidir. Oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam boʻladi va tez rivojlanadi.

Oila jamiyat muhofazasida deyilganda, mamlakatda mavjud boʻlgan jamiyatlar va jamgʻarmalar, nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga ham moddiy, xham maʼnaviy yordam berishi tushuniladi.

Oila - davlat muhofazasida deyilganda esa, oilaga muntazam gʻamhoʻrlik qilish, unga xar taraflama moddiy va maʼnaviy koʻmak berish insonparvar demokratik hududiy davlatning muhim vazifalaridan biridir.

Shuningdek, ushbu 76-moddasida: “Nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi”, deyilgan.

Nikox, oila vujudga kelishining birdan-bir asosi hisoblanib, nikox,

erkak va ayol oʻrtasidagi ixtiyoriy rozilik va tenglikka asoslanib tuzilgan erkin ittifoq boʻlib, uning maqsadi oila qurish.

Nikox, tuzishning muhim shartlaridan biri - nikohlanuvchilarning oʻzaro roziligidir. Nikohni oʻzaro rozilik asosida tuzish sharti uning erkin va tenglik prinsipi asosida vujudga kelishini taʼminlash bilan birga, oila barqaror va mustahkam boʻlishini ham taʼminlaydi.

Nikohga kirishda oʻzaro rozilik shartining buzilishi nafaqat nikohning haqiqiy emas deb topilishiga, balki boshda huquqiy oqibatlarga ham olib keladi.

Shuningdek, ushbu 76-moddasida: “Davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi” deyilgan.

Oʻzbekistonda yosh oilalar uchun qurilayotgan zamon talablariga toʻla javob beradigan uylar, ularga berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar oila institutiga qaratilayotgan katta eʼtiborning yana bir tasdigʻidir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini taʼminlovchi, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib, tarbiyalovchi maskandir.

Shu oʻrinda, davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, balki davr talabidan kelib chiqqan holda boshqa shart-sharoitlar yaratishni ham oʻz zimmasiga olmoqda.

Oila jamiyatning birlamchi boʻgʻini hisoblanadi. Shunga koʻra, hyech mubolagʻasiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Zero, jamiyat asosi —oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994-yildan eʼtiboran har yili 15-may kunini “Halqaro Oila kuni” sifatida nishonlashga qaror qilganligi bejiz emas.

Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz taʼkidlaganidek, tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Darhaqiqat, har tomonlama yetuk, barkamol va komil shaxsni tarbiyalashda oilaning oʻrni beqiyos. Tarbiyaning asosiy oʻchogʻi hisoblangan oila millat davomiyligini saqlash, milliy qadriyatlar rivojini taʼminlaydigan yangi avlodni dunyoga keltirib, uni maʼnan va jismonan sogʻlom qilib tarbiyalaydigan muqaddas maskandir. Ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy muhit sogʻlom qaror topgan oilada bolaning ongi yaxshilik, ezgulik, mehr-oqibat, odamiylik, or-nomus, gʻurur, samimiyat, toʻgʻrisoʻzlik kabi fazilatlar bilan toʻlib, jamiyatga kerakli inson sifatida voyaga yetadi.

Mamlakatimizda baxtli va farovon oilalar soni koʻpaysin. Har bir oila tinch-osoyishta va baxtli boʻlib, yurtimiz ravnaqi va barqarorligiga asos boʻlsin.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                     Nazokat Anarqulova