Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiya va sud hokimiyati.


Konstitutsiya va sud hokimiyati.

 

Biz bilamizki, joriy yilning 30-aprelida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ijroga qaratildi.

Konstitutsiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri bu – uning oliy yuridik kuchga egaligidir. Konstitutsiyada mazkur normaning mutahkamlanishi – barcha qonun hujjatlarining soʻzsiz Konstitutsiya normalariga mos kelishini anglatadi. Umuman olganda, oliy yuridik kuch ega deganda – normativ-huquqiy hujjatlarning (iyerarxiyasida - bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi) eng yuqori oʻrinda turishi hamda boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasiga asosan, Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi, deb belgilab qoʻyilgan.

Amaldagi Konstitutsiyaning 15-moddasida qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil qiladi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 11-moddasida takidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi.

Mamlakatimizda barcha qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining Konstitutsiya normalariga mosligini aniqlaydigan, unga huquqiy baho beradigan mustaqil Konstitutsiyaviy sud organi faoliyat olib boradi.

Biz bilamizki, 2021-yil aprel oyida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda koʻplab konstitutsiyaviy normalarni himoyalovchi mexanizmlar mustahkamlanganligini alohida taʼkidlash lozim.

Masalan, Qonunning 73-moddasidagi Konstitutsiyaviy sudning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi oʻzining amal qilishini tugatadi, qolaversa, Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat asosida qarorlar qabul qilgan davlat organlari ularni bir oy ichida qaytadan koʻrib chiqishi kerak boʻladi. Huquqiy nuqtayi nazardan bu muhim boʻlgan norma.

Konstitutsiyamizning 136-moddasida belgilanishicha, Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi hamda daxlsizdir.

138-moddasida esa, Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir deb belgilab qoʻyilgan.

Mamlakatimizda Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi.

         Bugungi kunda Konstitutsiyamizning oliy yuridik kuchga egaligini quyidagi mezonlar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, Konstitutsiya davlatning Asosiy qonunidir.

Ikkinchidan, barcha qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, xoh u qonun boʻlsin, Prezident farmoni boʻlsin, yo boʻlmasa hukumat, vazirliklar, idoralar qarorlari boʻlsin barchasi Konstitutsiya normalariga soʻzsiz mos tarzda qabul qilinishi lozim.

Uchinchidan, konstitutsiyaviy normalar maxsus sud organi – Konstitutsiyaviy sud tomonidan ham umumyurisdiksiyaviy sudlar tomonidan ham himoya qilinadi.

Toʻrtinchidan, Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish oʻziga xos murakkab mexanizm asosida amalga oshiriladi.

Sudning vazifalari — Oʻzbekiston Respublikasida sud Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda eʼlon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishga daʼvat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.

Umuman olganda, har bir fuqaro kundalik hayotida, oʻz haq-huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda Konstitutsiyamizdan kuch-quvvat olib harakat qilishi, unga tayanishi lozimligini anglashi lozim. Negaki, Konstitutsiya barcha qonun hujjatlarining eng yuqorisida turuvchi Asosiy qonun ekanini hayotlarida his qilishlari lozim.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N. Anarqulova