Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Inson huquqlari – oliy qadriyat


Inson huquqlari – oliy qadriyat

 

Qibray tumani adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 11 oyi davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari manfaatini koʻzlab kiritilgan taʼsir choralari natijasida sudlarga 90 dan ziyod daʼvo arizalari kiritilgan. Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarining 98 foizi qanoatlantirilgan. Adliya boʻlimlari tomonidan hal etilgan masalalar qatoriga asosan mehnat huquqlarining buzilishi, pensiyaga oid muammolar, sogʻliqni saqlash sohasidagi qonun normalariga amal qilinishi, yer-mulk sohasidagi muammolar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻsqinlik boʻlayotgan turli holatlar tashkil qiladi.

Qibray tuman adliya boʻlimida ham jismoniy va yuridik shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha bir ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 20-oktabr kuni fuqaro A.S. tuman adliya boʻlimiga Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qibray tumani boʻlimi xodimlaridan norozi boʻlib murojat qildi. Ushbu fuqaro A.S.ning arizasi oʻrganib chiqilib, Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga mansabdor shaxslarning qarori va xatti-harakatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida ariza kiritildi. Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudida ushbu maʼmuriy ish qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqib daʼvoni qanoatlantirdi. Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 23-noyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qibray tumani boʻlimining komissiya qarori haqiqiy emas deb topilib, fuqaro A.S. ishlagan ish stajini qayta hisob kitob qilish majburiyati yuklatildi.

Zero, Adliya boʻlimlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ham huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanishiga erishishdan iborat edi. Bu esa hamyurtlarimizning viloyatlar markaziga yuzlab chaqirim yoʻl bosib oʻtirmay, ularning huquqiy muammolarini ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etishga imkon berdi. Adliya boʻlimlarining tashkil qilinganligi fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida katta qadam boʻldi deb ayta olamiz. Adliya boʻlimlari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini keng xalq ommasiga tushuntirish boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirilayotganligi yuqoridagi soʻzlarimizning dalili hisoblanadi. Bundan tashqari, tuman adliya boʻlimlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganligi koʻplab qonun buzilishlarining oldini olmoqda. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilikka berilgan takliflar koʻplab byurakratik toʻsiqlarni oldini olganligni koʻrishimiz mumkin.

Bundan tashqari adliya boʻlimlari tomonidan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish borasida ham koʻplab targʻibotlar va boshqa amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, adliya boʻlimlari butun faoliyati davomida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklash boʻyicha koʻplab ishlarni amalga oshirdi.

Qibray tumani adliya boʻlimi

Bosh maslahatchisi

Abdusattorov Jaxongir Jalolovich