Янгиликлар
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
“Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra 2024 yil 1 martdan tadbirkorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:
Oʻrta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish loyihalariga:
-loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa koʻrinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;
- koʻchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga:
-kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;
-tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;
-Kompaniya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar boʻyicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish kabi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.
Yangiyoʻl tumani YUXKM
bosh yuristkonsulti
X.Murodjonov