Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra, 1986-yil 05-iyun kuni Bekobod tumanida tugʻilgan, PSHA muqaddam 26.12.2009-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining xukmi bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning
266-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan sudlangan boʻlishiga qaramasdan, jamiyat uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, shaxsga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan jinoyatini sodir etishda fosh etiladi.
Jumladan, u Bekobod tumanda yashab kelishi davrida, 2023-yil 28-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda, qasddan badanga tan jarohati yetkazish maqsadida, oʻzi bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi, ukasi 1990-yilda tugʻilgan PRAga telefon qilib, unga oʻrtalaridagi oilaviy kelishmovchilik yuzasidan gaplashib olishlarini aytib, uni Bekobod tuman “Guliston” MFYda joylashgan avtomashinalar yuvish shaxobchasi oldiga chaqirib, PRA bilan oʻrtalarida oldindan kelib chiqqan oilaviy kelishmovchiliklar sababli oʻzaro janjallashib ketishgan, natijada PSHA ukasi PRAni tanasining yuz qismiga qoʻllari bilan bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Fuqaro PRA olgan tan jarohatlari yuzasidan Bekobod tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Ish boʻyicha tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining
10.05.2023-yildagi xulosasiga asosan PRAning tanasida aniqlangan jarohat, yaʼni chap qosh yoyi yirtilgan yarasi, chap koʻz ikkala qovoq, chap yelka soxalarida qontalashlar, ikkala koʻz olmasi tashqi burchagiga qon quyilgan qandaydir oʻtmas qattiq jism yoki jismlar taʼsirida yetkazilgan boʻlib, bu jarohatlarning olingan vaqti tibbiy xujjatga asosan 2023-yil 28-aprel kuniga toʻgʻri kelishi, ushbu tan jarohatlari birgalikda sogʻligʻini 6 kundan koʻp, 21 kundan ortiq boʻlmagan vaqtga buzulishiga sabab boʻlishi, shu belgisiga koʻra, ogʻirlik darajasi boʻyicha sogʻliqning qisqa muddatga buzulishiga sabab boʻlgan YENGIL tan jaroxati toifasiga kirishi aniqlangan.
Shunday qilib, PSHA oʻzining sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2023-yil 05-iyul kunidagi xukmiga koʻra, PSHA Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi
2-qismi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi kapitan Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich