Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra, 1981-yil 16 yanvar kuni Bekobod tumanida tugʻilgan AGʻI muqaddam: 1) 06.05.2008-yilda Bekobod tuman sudining ajrimiga koʻra, JKning 109-moddasi 2-qismi bilan boʻlgan jinoyat ishi JKning 661-moddasiga binoan tomonlar yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.
2). 11.01.2022-yilda Bekobod tuman sudining hukmiga koʻra, JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, JKning 62-moddasiga asosan 1 yil
7 oy 6 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, ushbu jazoning 2 oy
29 kunini oʻtab boʻlmagan boʻlsada, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, jamiyat uchun foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, yana jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi takroran firibgarlik, yaʼni xavfli retsidivist boʻla turib, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini talon-taroj qilishda ifodalangan jinoyatni sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan u Bekobod tumani “Bogʻishamol” MFYda yashab kelib, xavfli retsidivist boʻla turib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2022-yil noyabr oyining oʻrtalarida oʻziga keyinchalik tanish boʻlgan, Samarqand viloyati Samarqand tumani, “Oʻrtashiq” MFYda yashovchi 17.021984-yilda tugʻilgan TSHD bilan koʻrishib, u bilan birgalikda karam ekishni, moʻmaygina daromad koʻrish mumkinligini aytib, uni qiziqtirib, birgalikda Bekobod tuman “Bunyodkor” MFYda joylashgan dala yer maydonida karam maxsulotini yetishtirib, fuqaro T.Sh.Dni ishonchini suiisteʼmol qilib, sotilgan karamdan TSHDga tegishli boʻlgan jami 28.800.000 soʻm miqdoridagi ulushni, unga aytmasdan oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

AGʻI xavfli retsidivist boʻla turib, firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqini qoʻlga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli retsidivist boʻla turib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2023-yilning yanvar oyining boshlarida oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Bekobod tumani, “Farxod” MFYda yashovchi 29.01.1979-yilda tugʻilgan MNXning dala maydoniga kelib, unga tegishli boʻlgan karamlarini xar bir kilogramini 300 soʻmdan sotib olishini aytib, u bilan savdolashib, jami 40.000 kilogramm karamlarini jami 12.000.000 soʻmga sotib olib, ushbu karamlarning pulini esa bir oy ichida, naqd pul shaklida olib kelib berishini vaʼda qilib, unga tegishli boʻlgan jami 12.000.000 soʻmlik karamlarni jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritib, ushbu karamlarni oʻziga notanish boʻlgan shaxslarga jami 20.000.000 soʻmga sotib yuborib, fuqaro MNXishonchini suiisteʼmol qilib, unga karamlar uchun olib kelib berishi lozim boʻlgan 12.000.000 soʻm pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli retsidivist boʻla turib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2023-yilning 10-yanvar kuni soat taxminan 14:00larda oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Bekobod tumani, “Farxod” MFYda yashovchi
22.02.1964-yilda tugʻilgan YUZEning yashash xonadoniga kelib, u bilan savdolashib, YUZEga tegishli boʻlgan bir bosh chorva molni jami 13.000.000 soʻmga sotib olib, ushbu chorva molni pulini bir oy ichida, naqd pul shaklida olib kelib berishini vaʼda qilib, unga tegishli boʻlgan jami 13.000.000 soʻmlik chorva molni jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritib, ushbu molni oʻziga notanish boʻlgan shaxslarga jami 11.000.000 soʻmga sotib yuborib, fuqaro YUZEni ishonchini suiisteʼmol qilib, unga chorva mol uchun olib kelib berishi lozim boʻlgan 13.000.000 soʻm pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli retsidivist boʻla turib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2023-yilning fevral oyining boshlarida, oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Bekobod tumani, “Oq tepa” MFYda yashovchi 05.12.1973-yilda tugʻilgan BSHGning yashash xonadoniga kelib, unga karam ekmoqchiligini, biroq xozir oʻzida puli yoʻqligini unga pul berib turishini, ushbu pullarni bir oy ichida, naqd pul shaklida olib kelib berishini vaʼda qilib, buning evaziga 2023-yil may oyida fura yuk avtomashinalar kelganida BSHGni oʻziga sherik qilib, birga moʻmaygina pul ishlashini aytib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan jami 25.000.000 soʻm pullarni jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritib, fuqaro YUSHGni ishonchini suiisteʼmol qilib, unga olib kelib berishi lozim boʻlgan 25.000.000 soʻm pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli retsidivist boʻla turib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2023-yilning fevral oyining boshlarida, oʻziga keyinchalik tanish boʻlgan, Bekobod tumani, “Guliston” MFYda yashovchi 14.04.1980-yilda tugʻilgan BSHG bilan uning opasi BGSHning yashash xonadonida koʻrishib, unga birgalikda karam ekishni, moʻmaygina daromad koʻrish mumkinligini aytib uni qiziqtirib, oʻzida puli yoʻqligini unga 4.500 AQSH dollar berib turishini, ushbu pullarni karamlarning harajatlari uchun ishlatishini, karamni oʻzi yetishtirishini, may oylarida ushbu pullarini qaytarib berib, qolgan foydani boʻlishishni vaʼda qilib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan jami 45.000 AQSH dollar pul mablagʻini jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritib, fuqaro BSHGni ishonchini suiisteʼmol qilib, unga berishi lozim boʻlgan 4.500 AQSH dollar pul mablagʻini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Dastlabki tergov davomida Norma.uz saytidan olingan maʼlumotga koʻra,
2023-yil 01-fevral kuni 1 (bir) AQSH dollari oʻzbek soʻmiga nisbatan 11269.82 soʻm qiymatda boʻlganligi, ushbu qiymatda 4500 AQSH dollari 50 714 190 soʻmni tashkil etishligi aniqlangan.

Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, xavfli retsidivist boʻla turib, takroran oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, 2023-yilning fevral oyining oxirlarida, oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Bekobod tumani, “Oq tepa” MFYda yashovchi 05.12.1973-yilda tugʻilgan BSHGning yashash xonadoniga kelib, unga birgalikda kartoshka olib kelib sotishni, moʻmaygina daromad koʻrish mumkinligini aytib, oʻzida puli yoʻqligini unga 1000 AQSH dollar berib turishini, ushbu pullarga kartoshka olib kelishini, pullarni bir oyda qaytarib berishini, foydasini esa boʻlishishni vaʼda qilib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan jami 1000 AQSH dollar pul mablagʻini jinoiy yoʻllar bilan qoʻlga kiritib, fuqaro BSHGni ishonchini suiisteʼmol qilib, unga qaytarib berishi lozim boʻlgan 1.000 AQSH dollar pul mablagʻini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Dastlabki tergov davomida Norma.uz saytidan olingan maʼlumotga koʻra,
2023-yil 28-fevral kuni 1 (bir) AQSH dollari oʻzbek soʻmiga nisbatan 11320.01 soʻm qiymatda boʻlganligi, ushbu qiymatda 1000 AQSH dollari 11 320 010 soʻmni tashkil etishligi aniqlangan.

Shunday qilib, AGʻI xavfli retsidivist boʻla turib, takroran firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqini qoʻlga kiritishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi
“b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2023-yil 14-sentyabr kunidagi xukmiga koʻra, AGʻI Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi
3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 5 yil 20 kun muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi kapitan Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich