Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

Savol: Bolaga ism familiya berilishining tartibi qanaqa ?

Javob: Oila kodeksining 69-moddasiga ko‘ra, bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga ko‘ra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.

Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich