Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya javob beradi Savol: UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISh JAZOSI KIMLARGA QO‘LLANILADI ?


Adliya javob beradi

 

 

Savol:

 

UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISh JAZOSI KIMLARGA QO‘LLANILADI ?

 

Javob:

Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.

 

Oila kodeksining 69-moddasiga ko‘ra, bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich