Янгиликлар
Adliya javob beradi Savol: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari bormi ?
Adliya javob beradi
Savol:
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari bormi ?
Javob:
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida (3 150 000 so‘m) JShODSdan ozod qilingan;
Soliq kodeksi 380-modda
urush nogironlari, I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar yer solig‘idan ozod qilingan;
Soliq kodeksi 436-modda
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan;
Soliq kodeksi 421-modda
2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
PQ-57-son 21.12.2021 yil
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich