Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya javob beradi Savol: ALIMENT TO‘LOVChINING ISh JOYINI TEKShIRSA BO‘LADIMI ?


Adliya javob beradi

 

 

Savol:

ALIMENT TO‘LOVChINING ISh JOYINI TEKShIRSA BO‘LADIMI ?

 

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi 258-II-son Qonuniga ko‘ra, davlat ijrochisi aliment bo‘yicha pul mablag‘larining qarzdorning ish haqidan to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan tekshirish o‘tkazishi mumkin.

Shu sababli, Siz aliment pullari to‘g‘ri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishingiz kerak

Agar aliment to‘lovchi yoki u ishlayotgan tashkilot vakili ijrochining talabiga ko‘ra noto‘g‘ri ma’lumot bersa yoki ma’lumot bermasa, ularning bu harakati javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich