Янгиликлар
Adliya javob beradi Savol: Nogironligi bor fuqarolarga ertaroq pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
Adliya javob beradi
Savol:
Nogironligi bor fuqarolarga ertaroq pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
Javob:
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun 7-moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Demak, umumiy holatda ayollar ish staji 20 yil bo‘lganda va ularning yoshi 55ga to‘lganda pensiyaga chiqishi mumkin.
Lekin yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu qoida ushbu qonun 12-1-moddasida qayd etilgan.
Yuqoridagi qoidalarning mazmuniga ko‘ra o‘sha ayol xodim 54 yoshga to‘lgandan so‘ng imtiyozli ravishda pensiyaga chiqishi mumkin. Yoki u hozirda nogironlik pensiyasiga chiqishi mumkin.
Yuqoridagi qonun 15-moddasiga muvofiq nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Qoidaning mazmuniga ko‘ra opangizning nogironligi bor deb topilsa, nogironlik pensiyasi olishga haqli. Ushbu qonunning 17-moddasi birinchi qismida mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur normaning ikkinchi qismiga umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh Ish staji
⬇️ ⬇️
23 yoshga qadar - 2
23 yoshdan 26 yoshga qadar - 3
26 yoshdan 31 yoshga qadar - 5
31 yoshdan 36 yoshga qadar - 7
36 yoshdan 41 yoshga qadar - 9
41 yoshdan 46 yoshga qadar - 11
46 yoshdan 51 yoshga qadar - 14
51 yoshdan 56 yoshga qadar - 17
56 yosh va undan oshganda - 20.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich