Янгиликлар
Adliya javob beradi Savol: 01-DEKABRDAN OYLIKLAR OShIRILGANINI ALIMENT TO‘LOVChILARGA QANDAY TA’SIRI BO‘LADI ?
Adliya javob beradi
Savol:
01-DEKABRDAN OYLIKLAR OShIRILGANINI ALIMENT TO‘LOVChILARGA QANDAY TA’SIRI BO‘LADI ?
Javob:
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab oyliklar oshirilishi munosabati bilan, aliment to‘lovchilar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga to‘lanayotgan alimentlar miqdori xam oshiriladi.
Masalan, aliment to‘lovchi byudjet tashkilotida ishlovchi hodim bo‘lsa, voyaga yetmagan bolalarining moddiy ta’minoti uchun har oyda to‘lab kelayotgan aliment miqdoriga, oyligining oshgan qismiga mos ravishda qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi.
Misol uchun, aliment to‘lovchi 3 million oylik oladi va ikki nafar farzandi uchun sud qaroriga ko‘ra va Oila kodeksining 99-moddasida ko‘rsatilgan miqdor bo‘yicha, shu 3 millionni uchdan bir qismini, ya’ni 1 million so‘m aliment to‘laydi deylik. Birinchi dekabrdan boshlab esa, uni oyligi 7 foizga ko‘payib 3 210 000 so‘m bo‘lsa, u oldindan har oyda to‘lab kelayotgan alimentiga oyligining oshgan qismini uchdan bir qismi miqdorini (70 000 so‘m) qo‘shib to‘lay boshlaydi. Ya’ni, oyliklar oshirilishidan oldin 3 mln so‘m oylik oladigan shaxsning oyligi shu oydan boshlab 7 foiz oshganini xisobiga 3 210 000 so‘m bo‘ldi va endi u ikki nafar farzandi uchun oyligini uchdan bir qismi sifatida 1 070 000 aliment to‘lashi kerak.
Xechqaerda ishlamaydigan aliment to‘lovchilar esa, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi oyliklar oshganligini xisobiga qancha bo‘lganligi aniqlanganidan so‘ng, Oila kodeksining 140-moddasida ko‘rsatilgan tartibda, o‘sha o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib, ular xam alimentni avvalgidan oshiqroq miqdorda to‘lay boshlaydi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich