Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Davlat bayrog`i- mamlakat yurtimiz iftihori


Davlat bayrog`i- mamlakat yurtimiz iftihori

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart. Ushbu norma “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`I to`g`risida”gi qonunning 12-moddasi 1-qismiga ko`ra belgilangan bo`lib, ushbu moddaning 2-qismida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi deya ta’kidlangan.

Masalan,ushbu normani tahlil qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatni ta’minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lishga, shu jumladan:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi o‘chgan holda va boshqa noma’qul tarzda foydalanishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan biror-bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shashga yoki uning tasvirini tushirishga va undan qoplama sifatida foydalanishga, shuningdek uni o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shashga yoki uning tasvirini tushirishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan kiyim-bosh, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanishga;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilarni poyabzalga, dastro‘molga, ko‘rpa-to‘shakka, ichki kiyimga, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirishga;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

Shunday ekan bu borada e’tiborli bo`lish talab etiladi, negaki huquqni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

 

O`rta Chirchiq tuman Adliya bo`limi,

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti :A.Sh. Ochilboyev