Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquq poydevoridir


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquq poydevoridir

Normativ huquqiy-hujjatlar to`g`risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi haqida norma belgilangan bo`lib, unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining so‘zsiz ustuvorligi tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasida davlatchilikni takomillashtirishning yangi bosqichida O‘zbekistonni konstitutsiyaviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti printsiplariga sodiqlik,

demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatni namoyon qilish;

inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilganlik;

O‘zbekiston jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilish;

Konstitutsiyada “O‘zbekiston – respublika boshqaruv shaklidagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”, deb belgilandi.

O`rta Chirchiq tuman

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti                                                             A.Sh. Ochilboyev