Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Qonunchilikda nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillar.


Qonunchilikda nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillar.

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.04.1992 yildagi 170-son qaroriga ko‘ra, Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarga har yili bir marta, ular xohlagan vaqtlarda mehnat ta’tilidan foydalanish, shuningdek, ish haqi saqlangan holda 14 kalendar kundan iborat har yilgi qo‘shimcha ta’til beriladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2002 yildagi PF-3079-son “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar yillik ta’tildan o‘zlari uchun qulay vaqtda foydalanish, shuningdek har yili ish haqi saqlangan holda kamida 12 ish kuni davomidagi qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.

3. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 18.03.1991 yildagi 62-son “Respublikaning shahar elektr transporti xodimlariga ko‘p yillik xizmat uchun bir yo‘la mukofot berilishini joriy etish va bir korxonada uzluksiz ishlaganlik uchun haq to‘lanadigan qo‘shimcha yillik ta’til berilishini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bir korxonada uzluksiz ishlaydigan barcha shahar elektr transporti xodimlari uchun 3 yildan ortiq – har bir keyingi yil uchun 2 kundan, lekin 6 kundan oshmagan holda qo‘shimcha ta’til beriladi.

4. Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun 50-moddasi 3-qismiga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi.

10 yildan ortiq ish stajiga yega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi 5 kalendar kun, 15 yildan ortiq ish stajiga yega bo‘lganlarga davomiyligi 10 kalendar kun, 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga yesa davomiyligi 15 kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.

Diqqat! MK 220-moddasi 1-qismining qoidalari qonunchilikda o‘ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

5. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun 82-moddasiga ko‘ra, sudyalarga har yili 30 kalendar kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi.

10 yildan ortiq sudyalik ish stajiga ega bo‘lgan sudyalarga o‘z xohishiga ko‘ra 6 kalendar kunigacha qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin.

6. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun 30-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan holda davomiyligi 30 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:

o‘n yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh kun;

o‘n besh yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n kun;

yigirma yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh kun bo‘lgan, haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin.

 

O`rta Chirchiq tuman

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                  A.Sh.Ochilboyev