Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi


Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi

2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida:

Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur moddaning birinchi qismiga e’tibor qaratsak, uy-joyga ega bo‘lish har kimning Konstitutsiyaviy huquqi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, mazkur moddaning uchinchi qismida davlat uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishini o‘ziga Konstitutsiya darajasida vazifa sifatida belgilab qo‘yganini ko‘rishimiz mumkin. Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lab borilayotganligi mazkur huquqni amalga oshirish uchun davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitning bir ko‘rinishi deb atasak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020- yildagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomga ko‘ra, subsidiya olish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza berish huquqiga ega. Fuqarolar tomonidan berilgan ariza tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha shakllantiriladigan komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

  

 

O‘rta Chirchiq tumani Adliya bo‘limi,

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Bosh yuristkonsulti                                                         Ibragimov Alimjon